Asosiy mazmunga oʻtish

Beta · Telegram va veb

Kuningizga joy oching.

Pochta, kalendar va eslatmalar uchun shaxsiy yordamchi. Doʻstingizga yozgandek yozing: oʻzbekcha yoki ruscha, matn yoki ovoz bilan.

Bepul. Karta kerak emas. Ruxsatni istalgan payt bekor qilasiz.

Bir gap yozing, natijani koʻring.

Namunalardan birini tanlang. Hech narsa yuborilmaydi va saqlanmaydi.

Bu namuna: xat yuborilmaydi, hisobingizga ulanilmaydi, matn saqlanmaydi.

Uddo12Namuna
Salom! Kuningizni yengillashtiramizmi?

Bir vazifa ayting. Birgalikda koʻrib chiqamiz.

Ertaga soat 10:00 da jamoa bilan uchrashuv qoʻsh.

Kundalik ishlarning koʻpi bitta suhbatda.

Har bir ish oddiy gap bilan boshlanadi.

Pochta

Xatlar ichidan kerakligini toping, qisqa mazmunini oʻqing, javob qoralamasini tayyorlang. Yuborishdan oldin siz koʻrasiz.

Kalendar

Band vaqtingizni tekshiradi, uchrashuv qoʻshadi va oʻzgartiradi. Tadbirni oʻchirishdan oldin soʻraydi.

Eslatma va vazifalar

“Ertaga 9 da eslat” deysiz, Telegramʼga keladi. Yoki: “Har kuni 8 da bugungi rejamni yubor.”

Hujjatlar

PDF, Word va Excel fayllarni oʻqiydi va xulosa qiladi. Kerak boʻlsa yangisini tayyorlab beradi.

Ovozli xabar

Yozishga vaqt yoʻqmi? Ovoz yuboring. Oʻzbekcha va ruscha tushunadi.

Jadval va savdo

Mijozlar va buyurtmalar roʻyxatini yuritadi. amoCRM va Bitrix24 bilan ishlaydi.

Internet, kurs, ob-havo

Internetdan qidiradi, Markaziy bank kursini va ob-havoni aytadi.

Oddiy bir kun: ertalabdan kechgacha.

Mayda ishlar joyiga qanday tushadi.

  1. Kun rejasi

    “Har kuni 8 da rejamni yubor” deb bir marta aytasiz. Har ertalab bugungi uchrashuvlar Telegramʼga keladi.

  2. Xatlar

    “Bugun qanday muhim xatlar keldi?” deb soʻraysiz. Qisqa javob oʻqiysiz, kerak boʻlsa qoralama tayyor boʻladi.

  3. Hujjat

    Shartnoma faylini yuborasiz. Asosiy bandlari qisqa roʻyxat boʻlib qaytadi.

  4. Eslatma

    “Hisobotni yuborishni eslat” degan edingiz. Vaqti keldi.

Uch qadamda boshlanadi.

  1. 1

    Google bilan kiring

    Bir bosish. Hisob oʻzi ochiladi, parol eslab qolish shart emas.

  2. 2

    Kerakli xizmatni ulang

    Gmail va Kalendarga ruxsatni alohida berasiz. Faqat kerakligini.

  3. 3

    Botni oching va ayting

    Akkauntingiz ichidan Telegram botni ulang. Keyin shu yerda ham, Telegramʼda ham yozing.

Xat yuborishdan oldin siz tasdiqlaysiz.

Kalendardan tadbir oʻchirishdan oldin ham Uddo12 soʻraydi. Siz “ha” demaguningizcha hech narsa yuborilmaydi va oʻchirilmaydi.

  • Har bir xizmatga alohida ruxsat
  • Ruxsatni istalgan payt bekor qilish
  • Hisob va maʼlumotlarni oʻchirish imkoniyati
  • Parol va karta raqamini eslab qolmaydi

Uddo12ning Google API orqali olingan maʼlumotlardan foydalanishi Google API Services User Data Policy talablariga, jumladan Limited Use qoidalariga mos keladi.

Maxfiylik siyosati

Uddo12 hozir beta bosqichida.

Biz uni birinchi foydalanuvchilar bilan birga yaxshilayapmiz. Nima yetishmayapti yoki nima qiyin tuyuldi, yozing.

Fikr yuborish

Koʻp soʻraladigan savollar.

Javobini topmasangiz, yozing.

asos44@gmail.com
Uddo12 qayerda ishlaydi?

Telegram botida va veb-ilovada. Hisobga Google orqali kirasiz, botni esa akkauntingiz ichidan ulaysiz.

Bepul boshlash mumkinmi?

Ha, karta kerak emas. Joriy tarif va limitlar ilovadagi «Tarif va limit» sahifasida koʻrsatilgan.

Qaysi tillarda gaplashish mumkin?

Oʻzbekcha (lotin va kirill) va ruscha, matn yoki ovozli xabar bilan.

Gmail hisobini ulash shartmi?

Kirish uchun Google hisobi kerak. Pochta va Kalendarga ruxsatni esa kerak boʻlganda, alohida berasiz.

Xatlar oʻzi yuboriladimi?

Yoʻq. Uddo12 avval qoralamani koʻrsatadi. Yuborish faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin bajariladi.

Xato qilib qoʻysa-chi?

Qaytarib boʻlmaydigan amallar tasdiqsiz bajarilmaydi. Biror ishni uddalay olmasa, “bajarildi” demaydi, nima toʻxtatganini aytadi.

Eslatmalar qayerga keladi?

Telegramʼga.

Boshqa xizmatlar bilan ishlaydimi?

Ha: Google Sheets va Drive, amoCRM, Bitrix24.

Oddiy chatbotdan farqi nima?

Oddiy chatbot sizning pochtangiz va kalendaringizni bilmaydi. Uddo12 siz ruxsat bergan xizmatlar bilan ishlaydi va eslatmani Telegramʼga yuboradi.

Maʼlumotlarimni qanday oʻchiraman?

Botdagi /delete buyrugʻi yoki veb-ilovadagi sozlamalar orqali. Batafsil maxfiylik siyosatida.

Mayda ishlar bizga. Hayot sizga.

Bepul boshlang. Karta kerak emas.