Pochta
Xatlar ichidan kerakligini toping, qisqa mazmunini oʻqing, javob qoralamasini tayyorlang. Yuborishdan oldin siz koʻrasiz.
Beta · Telegram va veb
Pochta, kalendar va eslatmalar uchun shaxsiy yordamchi. Doʻstingizga yozgandek yozing: oʻzbekcha yoki ruscha, matn yoki ovoz bilan.
Bepul. Karta kerak emas. Ruxsatni istalgan payt bekor qilasiz.
Namunalardan birini tanlang. Hech narsa yuborilmaydi va saqlanmaydi.
Bu namuna: xat yuborilmaydi, hisobingizga ulanilmaydi, matn saqlanmaydi.
Bir vazifa ayting. Birgalikda koʻrib chiqamiz.
Ertaga soat 10:00 da jamoa bilan uchrashuv qoʻsh.
Har bir ish oddiy gap bilan boshlanadi.
Xatlar ichidan kerakligini toping, qisqa mazmunini oʻqing, javob qoralamasini tayyorlang. Yuborishdan oldin siz koʻrasiz.
Band vaqtingizni tekshiradi, uchrashuv qoʻshadi va oʻzgartiradi. Tadbirni oʻchirishdan oldin soʻraydi.
“Ertaga 9 da eslat” deysiz, Telegramʼga keladi. Yoki: “Har kuni 8 da bugungi rejamni yubor.”
PDF, Word va Excel fayllarni oʻqiydi va xulosa qiladi. Kerak boʻlsa yangisini tayyorlab beradi.
Yozishga vaqt yoʻqmi? Ovoz yuboring. Oʻzbekcha va ruscha tushunadi.
Mijozlar va buyurtmalar roʻyxatini yuritadi. amoCRM va Bitrix24 bilan ishlaydi.
Internetdan qidiradi, Markaziy bank kursini va ob-havoni aytadi.
Mayda ishlar joyiga qanday tushadi.
“Har kuni 8 da rejamni yubor” deb bir marta aytasiz. Har ertalab bugungi uchrashuvlar Telegramʼga keladi.
“Bugun qanday muhim xatlar keldi?” deb soʻraysiz. Qisqa javob oʻqiysiz, kerak boʻlsa qoralama tayyor boʻladi.
Shartnoma faylini yuborasiz. Asosiy bandlari qisqa roʻyxat boʻlib qaytadi.
“Hisobotni yuborishni eslat” degan edingiz. Vaqti keldi.
Bir bosish. Hisob oʻzi ochiladi, parol eslab qolish shart emas.
Gmail va Kalendarga ruxsatni alohida berasiz. Faqat kerakligini.
Akkauntingiz ichidan Telegram botni ulang. Keyin shu yerda ham, Telegramʼda ham yozing.
Kalendardan tadbir oʻchirishdan oldin ham Uddo12 soʻraydi. Siz “ha” demaguningizcha hech narsa yuborilmaydi va oʻchirilmaydi.
Uddo12ning Google API orqali olingan maʼlumotlardan foydalanishi Google API Services User Data Policy talablariga, jumladan Limited Use qoidalariga mos keladi.
Maxfiylik siyosatiBiz uni birinchi foydalanuvchilar bilan birga yaxshilayapmiz. Nima yetishmayapti yoki nima qiyin tuyuldi, yozing.
Telegram botida va veb-ilovada. Hisobga Google orqali kirasiz, botni esa akkauntingiz ichidan ulaysiz.
Ha, karta kerak emas. Joriy tarif va limitlar ilovadagi «Tarif va limit» sahifasida koʻrsatilgan.
Oʻzbekcha (lotin va kirill) va ruscha, matn yoki ovozli xabar bilan.
Kirish uchun Google hisobi kerak. Pochta va Kalendarga ruxsatni esa kerak boʻlganda, alohida berasiz.
Yoʻq. Uddo12 avval qoralamani koʻrsatadi. Yuborish faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin bajariladi.
Qaytarib boʻlmaydigan amallar tasdiqsiz bajarilmaydi. Biror ishni uddalay olmasa, “bajarildi” demaydi, nima toʻxtatganini aytadi.
Telegramʼga.
Ha: Google Sheets va Drive, amoCRM, Bitrix24.
Oddiy chatbot sizning pochtangiz va kalendaringizni bilmaydi. Uddo12 siz ruxsat bergan xizmatlar bilan ishlaydi va eslatmani Telegramʼga yuboradi.
Botdagi /delete buyrugʻi yoki veb-ilovadagi sozlamalar orqali. Batafsil maxfiylik siyosatida.